platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Prezident: "Chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz — haqiqiy mard insonlar!"

Prezident xorijda mehnat qilayotgan birorta ham yurtdoshimiz oʻz muammosi bilan yolgʻiz qolmasligi kerakligini qatʼiy taʼkidladi.

Prezident: "Chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz — haqiqiy mard insonlar!"

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi "Intil" xalqaro til va kasbga oʻqitish markazida mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Davlatimiz rahbari xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz haqida alohida toʻxtaldi:

"Chet elda ishlayotgan har bir yurtdoshimiz oilasining rizqi, farzandlari kelajagi uchun tinmay mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlardir. Ular ham bizning fuqarolarimiz, bizning farzandlarimiz. Qayerda ishlashidan qatʼi nazar, fuqarolarimiz huquqini himoya qilish — davlatning doimiy burchi va vazifasi".

Prezident xorijda mehnat qilayotgan birorta ham yurtdoshimiz oʻz muammosi bilan yolgʻiz qolmasligi kerakligini qatʼiy taʼkidladi.

Endilikda chet elda muammoga duch kelgan fuqaro elchi yoki konsulni izlab yurmaydi. "Onlayn mahalla" platformasi orqali yordam soʻrab murojaat qoldiradi. Zarur vaziyatda elchining oʻzi uning oldiga borib, huquqlarini himoya qiladi va muammosiga yechim topadi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga ushbu tizimni 10 kun ichida yoʻlga qoʻyish va uning samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha takliflar kiritishni topshirdi.

Muhim jihati — mehnat migrantlariga boʻlgan munosabat oʻzgarmoqda. Xorijda ishlayotgan inson shunchaki pul joʻnatuvchi emas, balki davlat himoyasiga haqli, qadri baland fuqaro sifatida eʼtirof etilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid