platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonga 55 kgdan oshiq narkotikni olib kirmoqchi boʻlgan transmilliy jinoiy guruh aniqlandi

​Yirik narkosavdogarlar kelgusida ushbu giyohvandlik vositalarini qoʻshni Respublikada yashovchi rahnamolarining topshirigʻiga asosan, u aytgan shaxslarga taqsimlab hududlarga tarqatishi lozim boʻlgan.

Oʻzbekistonga 55 kgdan oshiq narkotikni olib kirmoqchi boʻlgan transmilliy jinoiy guruh aniqlandi

IIV va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek DXX xodimlari hamkorligida tezkor-qidiruv tadbiri oʻtkazilgan.

Natijada qoʻshni Respublikadan Samarqand viloyatiga 55 kgdan ortiq boʻlgan gashish va opiy giyohvandlik vositalarini kontrabanda yoʻli bilan olib oʻtmoqchi boʻlgan transmilliy jinoiy uyushma aʼzolari qoʻlga olindi.

​Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Samarqand viloyati Toyloq tumani hududida joylashgan dala maydoniga 2 nafar yirik narkokurer “Lacceti” rusumli avtomashinasida kelib, belgilangan geolokatsiyada yashirib ketilgan 41 kg 200 gr opiy hamda 14 kg 550 gr gashish giyohvandlik vositalarini olgan vaqtlarida qoʻlga olindi. Oʻtkazilgan tezkor surishtiruv natijasida maʼlum boʻlishicha, bu shaxslar bir yildan buyon giyohvandlik vositalarini respublika hududi boʻylab tarqatish bilan shugʻullanib kelishgan.

​Yirik narkosavdogarlar kelgusida ushbu giyohvandlik vositalarini qoʻshni Respublikada yashovchi rahnamolarining topshirigʻiga asosan, u aytgan shaxslarga taqsimlab hududlarga tarqatishi lozim boʻlgan.

​Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 235 000 dozaga teng boʻlgan jami 55 kg 750 gr opiy va gashish giyohvandlik vositalari aholi orasida tarqalishining oldi olindi.

​Mazkur holat yuzasidan yirik narkosavdogarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid