platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tergovchisi qoʻlga olindi

Xodim olib borilayotgan tergov harakatlarini ayblanuvchi foydasiga hal qilish evaziga pora olishda gumonlanmoqda. 

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tergovchisi qoʻlga olindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuraturaning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

​Tadbir davomida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Fargʻona shahar boʻlimi tergovchisi Jinoyat Kodeksining 167–moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida olib borilayotgan tergov harakatlarini ayblanuvchi foydasiga hal qilish, yetkazilgan zarar miqdorini kamaytirish va unga nisbatan eʼlon qilingan qidiruvni bekor qilib berish evaziga pora olganlikda gumon qilinib ushlandi.

​Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid