Uzoq Sharqda qiyin vaziyatga tushib qolgan bir guruh oʻzbekistonliklar ortga qaytarildi
Vladivostok va Xabarovskda ogʻir moddiy ahvolda qolgan ushbu shaxslarning yoʻl xarajatlari Migratsiya agentligi jamgʻarmasi hisobidan qoplangan.

Rossiyaning Uzoq Sharqida qiyin vaziyatga tushib qolgan bir guruh fuqarolar Oʻzbekistonga qaytarildi.
Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi. Vladivostok va Xabarovskda ogʻir moddiy ahvolda qolgan ushbu shaxslarning yoʻl xarajatlari Migratsiya agentligi jamgʻarmasi hisobidan qoplangan.
Ularning orasida 4 ta voyaga yetmagan farzandi bilan samarqandlik ayol ham bor.
Noqonuniy yurgani sababli sud uni deportatsiya qilish va ungacha vaqtincha saqlash markazida tutib turish boʻyicha qaror chiqargan.
Bosh konsulxonaning koʻmagi bilan mazkur oilaning muammosi ijobiy hal etilgan.





