Toshkentda avtobuslarga qoidabuzarliklarni qayd etuvchi kameralar oʻrnatiladi
1 noyabrdan esa avtobuslar uchun ajratilgan "A" yoʻlaklarida noqonuniy harakatlanayotgan va toʻxtayotgan avtomobillarga qarshi reydlar kuchaytiriladi.

Toshkentda avtobuslarga qoidabuzarliklarni qayd etuvchi kameralar oʻrnatiladi. Bu haqda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining tegishli qarorida belgilangan.
15 dekabrga qadar avtobuslarning old qismiga maxsus videokameralar oʻrnatish rejalashtirilgan. Ular harakat vaqtida yoʻl qoidalari buzilishini avtomatik tarzda qayd etib boradi.
1 noyabrdan esa avtobuslar uchun ajratilgan "A" yoʻlaklarida noqonuniy harakatlanayotgan va toʻxtayotgan avtomobillarga qarshi reydlar kuchaytiriladi.
Avtobus va velosiped yoʻlaklariga noqonuniy chiqish, shuningdek, ularda toʻxtash qoidabuzarlik hisoblanadi. Haydovchilar kamera yozuvlari asosida jarimaga tortilishi mumkin.
Kameralar Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining yagona bazasiga integratsiya qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 1-noyabrdan jamoat transporti uchun ajratilgan “A” yoʻlaklarda yengil va shaxsiy avtomobillarning noqonuniy harakatlanishi hamda toʻxtashiga qarshi doimiy reydlarni kuchaytirish topshirilgan.





