platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Shveysariyada Xellouin yurishlari ortidan ommaviy tartibsizliklar yuz berdi

Syurix koʻchalarida odamlar mashinalar, elektr skuterlar va axlat konteynerlariga oʻt qoʻyishdi, doʻkon oynalarini sindirishdi va politsiya xodimlariga hujum qilishdi.

Shveysariyada Xellouin yurishlari ortidan ommaviy tartibsizliklar yuz berdi

Shveysariyaning Syurix shahri politsiyasi shaharning 4-okrugida Xellouin bayrami paytida boshlangan ommaviy tartibsizliklar haqida xabar berdi.

Politsiya maʼlumotlariga koʻra, mashinalar va binolarning yoqib yuborilishi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujumlar oldindan rejalashtirilgan edi. 20 Minuten bu voqeani "oʻta chap qanot ekstremistlarining harakati" deb atadi.

"Langshtrassedagi Piazza Cella maydonida bir necha yuz kishi toʻplanib, bayram ishtirokchilari bilan aralashdi. Baʼzilari niqob, koʻzoynak yoki Xellouin mavzusidagi kiyimlarni kiyib olishgandi", deyiladi politsiyaning matbuot uchun bayonotida.

Olomon tez orada kichikroq guruhlarga boʻlinib, butun tuman boʻylab tarqaldi.

Turli koʻchalarda odamlar mashinalar, elektr skuterlar va axlat konteynerlariga oʻt qoʻyishdi, doʻkon oynalarini sindirishdi va politsiya xodimlariga hujum qilishdi, toshlar va mushaklar otishdi. Ularga qarshi koʻz yoshartuvchi gaz, suv toʻplari va rezina oʻqlar ishlatilgan. Shahar politsiyasi zarar miqdorini baholashda davom etmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid