platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda ayoli va bolalarini benzin sepib yoqib yuborgan erkak umrbod qamaldi

Fojia oqibatida ona va ikki farzand tirik qolgan boʻlsa-da, oilaning 6 yoshli oʻgʻli hamda 11 yoshli qizi olingan ogʻir kuyish jarohatlari tufayli vafot etgan.

Qashqadaryoda ayoli va bolalarini benzin sepib yoqib yuborgan erkak umrbod qamaldi

Qashqadaryoda ayoli va bolalarini benzin sepib tiriklayin yoqib yuborib, dahshatli jinoyat sodir etgan erkak umrbodga qamaldi.

Gʻuzor tumanida ayol va uning toʻrt nafar voyaga yetmagan farzandi ustiga benzin sepib, ularni shafqatsizlarcha yoqib yuborgan shaxs ishi boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi.

Fojia oqibatida ona va ikki farzand tirik qolgan boʻlsa-da, oilaning 6 yoshli oʻgʻli hamda 11 yoshli qizi olingan ogʻir kuyish jarohatlari tufayli vafot etgan.

Sud hukmiga koʻra, sudlanuvchi oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan uzzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Eslatib oʻtamiz, avval jinoyat ishlari boʻyicha Yakkabogʻ tuman sudida xiyonat sabab oʻz ayolini oʻldirmoqchi boʻlgan 58 yoshli erkak 10 yilga qamalgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid