platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

“Imarat” rahbariyatiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Turar joylar Toshkent viloyati hududida qurilayotgani sababli ayrim fuqarolar norozilik bildirib, xonadonlar uchun amalga oshirgan toʻlovlarini qaytarishni soʻrab, MChJ rahbariyatiga murojaat qilishgan. Biroq toʻlovlar qaytarilmagan. 

“Imarat” rahbariyatiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Sergeli tumanidagi Buyuk avlod shoh koʻchasida ofisi joylashgan “Imarat Development” MChJ faoliyati yuzasidan bir necha fuqaro tomonidan ishonchsizlik bildirilib, jamiyat rahbariyatiga nisbatan qonuniy chora koʻrish soʻralgan.

Mazkur murojaatlar yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv davomida quyidagilar aniqlangan:

“Imarat Development” MChJ tomonidan qurilishi rejalashtirilgan koʻp qavatli turar joy binolari Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani hududida joylashgan.

Ushbu turar joylar Toshkent viloyati hududida qurilayotgani sababli ayrim fuqarolar norozilik bildirib, xonadonlar uchun amalga oshirgan toʻlovlarini qaytarishni soʻrab, MChJ rahbariyatiga murojaat qilishgan, biroq toʻlovlar qaytarilmagan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”), 192 prim.11-moddasi (“Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

“Tergov harakatlari Toshkent shahar IIBB boshligʻi hamda prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Tergov natijalariga koʻra, qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid