platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

"Apk qo‘riqchi" ilovasini oʻrnatmagandim": Qashqadaryoda fuqaroning 10 mln soʻmi oʻgʻirlandi

Aytilishicha, fuqaro ayrim shaxslarning "IIV sizni kuzatadi" degan maʼlumotiga ishonib, mazkur ilovani oʻrnatishdan bosh tortgan. 

"Apk qo‘riqchi" ilovasini oʻrnatmagandim": Qashqadaryoda fuqaroning 10 mln soʻmi oʻgʻirlandi

Qashqadaryoda "Apk qo‘riqchi" ilovasini oʻrnatmagan fuqaroning 10 mln soʻm mablagʻlari oʻgʻirlangani maʼlum boʻldi. Bu xaqda IIV matbuot xizmati eʼlon qilgan videoda aytiladi.

Aytilishicha, fuqaro ayrim shaxslarning "IIV sizni kuzatadi" degan maʼlumotiga ishonib, mazkur ilovani oʻrnatishdan bosh tortgan.

Soʻngra, uning oʻgʻli qoʻngʻiroq qilib, bank kartasida pul oʻtkazganini maʼlum qilgan. Fuqaro bankomatga borib tekshirganda pullar boʻlmagan. Bank xodimlari esa pullar kiberjinoyat sabab oʻgʻirlanganini maʼlum qilishgan.

"Internetda ayrim blogerlar mazkur ilova ichki ishlar sizni kuzatadi degan gaplarga ishonib, oʻrnatgandim. Tekshirtirsam, telefonimdagi zararli ilovalarni bosganim uchun pulimni yechib ketishgan ekan", deya maʼlum qilgan chiroqchilik fuqaro.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid