platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentda tigʻiz vaqtlarda "garmoshka" avtobuslar safarbar etiladi

15 noyabrga qadar Toshkent shahar hokimligiga 2027 yil davomida shahar avtoparklarini qoʻshimcha katta sigʻimli avtobuslar bilan taʼminlash boʻyicha manzilli takliflar kiritiladi. 

Toshkentda tigʻiz vaqtlarda "garmoshka" avtobuslar safarbar etiladi

30 oktabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan poytaxtda jamoat transporti harakatini yaxshilash va bekatlarda yoʻlovchilar qalib ketishi holatlarining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.

Tigʻiz vaqtlarda harakat va sigʻim oshiriladi.

Hujjatga koʻra, 2026 yil 15 noyabrdan eʼtiboran ertalabki (soat 07:00—09:30) va kechki (soat 17:00—19:30) tigʻiz vaqtlarda sigʻim yuqori boʻlgan asosiy yoʻnalishlarga qoʻshimcha avtobuslar chiqariladi. Bu orqali bekatlarda avtobus kutish intervali 3−5 daqiqagacha qisqartiriladi. Jadvallarga rioya etilishi markazlashgan dispetcherlik xizmati va onlayn GPS monitoring orqali kundalik nazoratga olinadi.

Shuningdek, 20 dekabrga qadar yoʻlovchi oqimi eng yuqori boʻlgan 25 ta markaziy va magistral yoʻnalishga — 8, 9 t, 14, 18, 24, 28, 38, 44, 46, 51, 57, 58, 67, 72, 85, 91, 93, 98, 110, 115, 118, 122, 131, 147 hamda 155-sonli yoʻnalishlarga (ayniqsa Uchtepa, Mirobod, Sergeli va Yangihayot tumanlarida) katta sigʻimli boʻgʻinli ("garmoshka") avtobuslar ajratiladi.

Bundan tashqari, 15 noyabrga qadar Toshkent shahar hokimligiga 2027 yil davomida shahar avtoparklarini qoʻshimcha katta sigʻimli avtobuslar bilan taʼminlash boʻyicha manzilli takliflar kiritiladi.

Xizmat koʻrsatish sifati va haydovchilar masʼuliyati

Qarorga koʻra, 2026 yil 15 noyabrga qadar haydovchilar va metro stansiyalari xodimlari uchun muomala madaniyati, kasb odobi hamda harakat xavfsizligi qoidalariga rioya etishi boʻyicha maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etiladi va bu boradagi ishlar muntazam amalga oshirib boriladi.

Shu bilan birga, avtobuslarning bekat maydonchasi bordyuriga jipslashib toʻxtashi boʻyicha haydovchilarning shaxsiy masʼuliyati belgilanadi. Bekatdan uzoqda toʻxtash holatlari videokuzatuv vositalari orqali monitoring qilinib, qoidabuzar haydovchilarga nisbatan intizomiy va moliyaviy choralar qoʻllanadi

Bundan tashqari, 2026 yil 1 dekabrga qadar barcha avtobuslardagi nogironligi boʻlgan shaxslar va bolalar aravachali yoʻlovchilar uchun panduslar hamda moslamalarning sozligi qayta tekshiruvdan oʻtkazilib, kamchiliklar toʻliq bartaraf etiladi.

Imkoniyati cheklangan yoʻlovchilarga pandusni ochib berish haydovchilar zimmasiga qatʼiy xizmat majburiyati sifatida mustahkamlanadi hamda bundan boʻyin tovlagan haydovchilarga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari koʻriladi

Shuningdek, 2026 yil 10 noyabrdan boshlab barcha avtobuslarda mavsumga mos salkinlatish va isitish tizimlarining uzluksiz ishlashi taʼminlanadi hamda transport salonidagi mikroklimat doimiy ravishda monitoring qilib boriladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid