Polshada davlat toʻntarishiga urinish sodir boʻldi
Mojaro 30 oktabr kuni hukumat tarafdori boʻlgan sudya Anna Korvin-Pyotrovska oʻzini Konstitutsiyaviy tribunalning yangi rahbari deb eʼlon qilganida avj oldi.

Polshada davlat toʻntarishiga urinish sodir boʻldi.
Mojaro 30 oktabr kuni hukumat tarafdori boʻlgan sudya Anna Korvin-Pyotrovska oʻzini Konstitutsiyaviy tribunalning yangi rahbari deb eʼlon qilganida avj oldi.
Uning daʼvosini rad etgan boshqa sudyalar Bogdan Shvenchkovskiy va uning oʻrinbosari Bartlomey Sochanskiyni lavozimidan chetlatildi.
Sochanskiy voqealarni "davlat toʻntarishi" deb atadi.
Konstitutsiyaviy tribunal — Polsha Konstitutsiyaviy sudi. Unda parlament tomonidan saylanadigan 15 nafar sudya faoliyat yuritadi va ular mamlakat prezidentiga qasamyod qabul qiladi.
Davlat rahbari (prezident) Karol Navrotski hamda "Qonun va adolat" (PiS) partiyasi sud raisi Bogdan Svenchkovski va uning oʻrinbosari Bartlomey Soxanskini qoʻllab-quvvatlamoqda.
Bosh vazir Donald Tusk hukumati va Adliya vaziri Valdemar Jurek esa oʻzini oʻzi tribunalning muvaqqat rahbari deb eʼlon qilgan sudya Anna Korvin-Piotrovska tarafida.
Tribunal qaroridan soʻng, sud binosi tashqarisida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi va politsiya binoga kirib keldi.
Polsha prezidenti Karol Navrotskiy voqea joyiga yetib keldi.
Davlat rahbari oʻsha kuni kechqurun Varshavada mamlakatning eng yuqori sud organlaridan biri boʻlgan Konstitutsiyaviy tribunal kuch bilan egallab olinganini eʼlon qildi.
U siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish uchun favqulodda yigʻilish chaqirdi.





