platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Navoiyda togʻda doʻlana terganlar jarimaga tortildi

Xatirchi tumani ekologiya va iqlim oʻzgarishi boʻlimi ekopolitsiya xodimlari tomonidan reyd tadbiri oʻtkazilgan. 

Navoiyda togʻda doʻlana terganlar jarimaga tortildi

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida togʻda doʻlana tergan shaxslar jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Xatirchi tumani ekologiya va iqlim oʻzgarishi boʻlimi ekopolitsiya xodimlari tomonidan reyd tadbiri oʻtkazilgan. Unda Angidon mahallasi hududida ikki kishi tegishli ruxsatnomasiz doʻlana mevalarini yigʻib, olib ketayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Sh.S. va Yo.R.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-1-moddasi (oʻsimlik dunyosi obʼektlarini yigʻish, tayyorlash va ulardan foydalanish tartibi hamda shartlarini buzish) 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Huquqbuzarlardan biriga BHMning 10 baravari, ikkinchisiga esa 7 baravari miqdorida, jami 7 mln 480 ming soʻm maʼmuriy jarima belgilandi. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar 1 mln 3 ming soʻm etib hisoblandi.

Endi doʻlana tergan “huquqbuzarlar“ qariyb 7,5 mln soʻm jarima va 1 mln soʻm tabiatga yetkazilgan zararni toʻlashi kerak boʻladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid