Jurnalistlar uyushmasi va Xalqaro Nordik universiteti oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolandi
Ushbu strategik sheriklikning asosiy maqsadi jurnalistika bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalarining nazariy bilimlarini bevosita amaliyot bilan bogʻlash, ularning kasbiy mahoratini oshirish va zamonaviy media bozorida raqobatbardoshligini taʼminlashdan iborat.

Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafaqulov va Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Oripov jurnalist kadrlar mahoratini oshirish, talabalarni ishlab chiqarish amaliyotiga keng jalb qilish, sohada media loyihalarini rivojlantirish boʻyicha innovatsion korporativ hamkorlik bitimini imzoladi.
Ushbu strategik sheriklikning asosiy maqsadi jurnalistika bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalarining nazariy bilimlarini bevosita amaliyot bilan bogʻlash, ularning kasbiy mahoratini oshirish va zamonaviy media bozorida raqobatbardoshligini taʼminlashdan iborat.

Korporativ hamkorlik doirasida talabalarning kasbiy tayyorgarligi va amaliyot tizimini mutlaqo yangi sifat bosqichiga olib chiqish koʻzda tutilgan.
Bunda Universitetning ilmiy-innovatsion salohiyati hamda Uyushmaning ijodiy tajribasi birlashtirilib, yangi raqamli platformalar, podkastlar, mualliflik koʻrsatuvlari va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar yaratiladi.
Shuningdek, “tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida mahorat darslari, treninglar va ijodiy uchrashuvlarni muntazam tashkil etish, taniqli jurnalistlar, tajribali muharrirlar va xalqaro ekspertlar ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkil etishga kelishib olindi.



