Isitish mavsumida gaz isteʼmoli boʻyicha baʼzaviy meʼyor 5 barobar oshiriladi
Noyabr — fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart — oktabrda esa har oy uchun 100 kub metrgacha "bazaviy meʼyor" belgilangan.

Isitish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha baʼzaviy meʼyor 5 barobarga oshiriladi. Bu miqdor 500 kub metrni tashkil etadi.
Noyabr — fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart — oktabrda esa har oy uchun 100 kub metrgacha "bazaviy meʼyor" belgilangan.

Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli yuqori boʻlganligi sababli Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktabr — fevral oylarida bir oylik "bazaviy meʼyor" 500 kub metr qilib belgilangan.
Avvalroq Prezident farmoniga muvofiq, 2026/2027 yilgi isitish mavsumida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga, shuningdek, reyestrga kiritilmagan boʻlsa-da, mahalla yettiligi xulosasiga koʻra ehtiyojmand deb topilgan oilalarga 1 million soʻmdan bir martalik yordam berilishi maʼlum qilingandi.





