Ekostiker olmagan haydovchilarga jarima: YHXX izoh berdi
Shuningdek, "ekostiker pullik boʻladi" mazmunidagi xabarlar ham tarqalgan.

Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ekostikerlar boʻyicha xabarlarga izoh berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda "1 yanvardan boshlab ekostiker olmagan haydovchilarga BHMning 10 baravari miqdorida jarima qoʻllaniladi" hamda "ekostiker pullik boʻladi" mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.
Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati mazkur xabarlarni tasdiqlovchi qonuniy asoslar mavjud emasligini maʼlum qildi.
"Yoʻl harakati xavfsizligiga oid maʼlumotlarni faqat vakolatli idoralarning rasmiy sahifalaridan olishingizni soʻraymiz" deyiladi izohda.
Avvalroq chorraha va qayrilib olish joylari yaqinida yoʻl chizigʻini bosganlik uchun bayonnoma rasmiylashtirilmasligi maʼlum boʻlgandi.





