platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Ziroat Mirziyoyeva Turkiy davlatlar tashkiloti Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yigʻilishida ishtirok etdi

Oʻzbekiston birinchi xonimi oʻz nutqida qizlarning zamonaviy taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva Turkiy davlatlar tashkiloti Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yigʻilishida ishtirok etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Anqara shahriga tashrifi va Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida mamlakatimiz Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yigʻilishida ishtirok etdi.

TDTning 13-sammiti doirasida tashkil etilgan Oila va xotin-qizlar kengashi turkiy davlatlar oʻrtasida oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha hamkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Kengash huzuridagi davlat va hukumat rahbarlari rafiqalaridan iborat Oliy faxriy kengashning ilk yigʻilishi "Hamjihatlikdan institutsional hamkorlik sari: Turkiy dunyoda oila va xotin-qizlar" mavzusiga bagʻishlandi.

Ziroat Mirziyoyeva Turkiy davlatlar tashkiloti Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yigʻilishida ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva oʻz nutqida qizlarning zamonaviy taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

– Ayolning bilimi va mehnati qadrlangan, oilada oʻzaro hurmat va hamjihatlik qaror topgan muhit butun jamiyatni mustahkamlaydi,– dedi Birinchi xonim.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish, inklyuziv taʼlimni rivojlantirish hamda ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan ham takliflar bildirildi. Bolalar va oʻsmirlar uchun xavfsiz internet muhitini yaratish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Soʻzining yakunida Ziroat Mirziyoyeva yigʻilishni tashkil etgani uchun Turkiya Birinchi xonimi Emine Erdogʻanga tashakkur izhor etdi. Qabul qilingan qarorlar oilalar xotirjamligi, xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar va bolalar farovonligiga xizmat qilishiga umid bildirdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid