Xususiy radarlar xavfsizlik kamari boʻyicha qoidabuzarliklarni qayd etishni boshlaydi
Hukumat qaroriga koʻra, mazkur tartib 2026 yil 1 noyabrdan joriy etiladi.

Tadbirkorlar oʻrnatgan radarlarga "Rement" taqmaganlik qoidabuzarligini qayd etishga ruxsat beriladi.
"Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori (596-son, 29.10.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2026 yil 1 noyabrdan tadbirkorlar tomonidan oʻrnatilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali:
- haydovchilarning transportni boshqarish va yoʻlovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik qoidabuzarliklarini qayd etishga ruxsat beriladi.
Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 apreldagi 232-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, haydovchilarning xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligini foto va video qayd etish tizimiga qoʻyiladigan umumiy texnik talablarga muvofiq tizim:
- xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi holati boʻyicha «Maʼmuriy amaliyot» moduliga avtomatik ravishda quyidagi maʼlumotlarni uzatish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak:
- metrologik qiyoslash guvohnomasining raqami va amal qilish muddati;
- qoidabuzarlik aniqlangan sana va vaqt;
- qoidabuzarlik sodir etilgan joyning aniq koordinatalari;
- elektr tarmogʻida uzilishlar yuz berganda, uning faoliyatini 8 soatdan kam boʻlmagan vaqt davomida qoʻllab-quvvatlash imkoniyatiga ega boʻlgan zaxira elektr manbai bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi orqali xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligini qayd etishda:
- haydovchining yuz koʻrinishi, xavfsizlik kamaridan foydalangan yoki foydalanmaganligi yuqori sifatdagi fotosuratlarda aks ettirilishi shart.





