Toshkentda yashirin pivo ishlab chiqarish sexi fosh etildi
Ushbu yashirin sexdan 22 turdagi pivo ichimliklari va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Toshkent shahrida yashirin pivo ishlab chiqarish sexi fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Unda fuqaro V.T. va boshqalar Mirzo Ulugʻbek tumani, “Salar boʻyi” koʻchasidagi uyda yashirin sex tashkil qilib, qoʻlbola usulda isteʼmolga yaroqsiz pivo ichimligini ishlab chiqarayotganliklari aniqlangan. Ushbu yashirin sexdan 22 turdagi pivo ichimliklari va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-11-modasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.





