platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Madaniyat

Shavkat Mirziyoyev TDTning madaniy dasturida ishtirok etdi

Yetakchilar Anqara shahridagi “Beshtepa” majmuasida Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi bogʻini ochib berdilar. Bogʻda tashkil etilgan turkiy davlatlarning pavilonlarida anʼanaviy oʻtovlar va xalq amaliy sanʼati namunalari namoyish etilmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev TDTning madaniy dasturida ishtirok etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari va ularning rafiqalari bilan birgalikda TDTning Anqara sammiti doirasidagi madaniy dasturda ishtirok etdi.

Yetakchilar Anqara shahridagi “Beshtepa” majmuasida Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi bogʻini ochib berdilar.

Shavkat Mirziyoyev TDTning madaniy dasturida ishtirok etdi

Bogʻda tashkil etilgan turkiy davlatlarning pavilonlarida anʼanaviy oʻtovlar va xalq amaliy sanʼati namunalari namoyish etilmoqda. Ular turkiy xalqlarning boy tarixiy-madaniy va meʼmoriy merosi, ilm-fan va maʼrifat sohasidagi yutuqlari, oʻziga xos anʼanalari hamda hozirgi davrdagi taraqqiyotini aks ettiradi.

Davlat rahbarlari turkiy xalqlarning yozma yodgorligi hisoblangan qadimgi Oʻrxun bitiklarining nusxasi bilan tanishdilar. Shu yerning oʻzida milliy oʻyinlar, kamonchilar va tarixiy liboslardagi jangchilarning chiqishlari boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng davlat rahbarlari eman koʻchatlarini ekdilar.

Bunday tashabbuslar tarixiy xotira va madaniy merosni asrab-avaylash, avlodlar oʻrtasida uzviylikni taʼminlash hamda maʼnaviy qadriyatlari va anʼanalari mushtarak boʻlgan xalqlar oʻrtasidagi birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi.

Shavkat Mirziyoyev TDTning madaniy dasturida ishtirok etdi

Shundan soʻng yetakchilar “Malazgirt” markaziga tashrif buyurdilar. Uning nomi turkiy xalqlar tarixida muhim ahamiyat kasb etgan 1071 yil 26 avgustdagi Malazgirt jangiga ishoradir.

Oliy martabali mehmonlarga chavandozlar, akrobatlar va kaskadyorlar, shuningdek, tashkilotga aʼzo mamlakatlardan keltirilgan otlar ishtirokida epik tomosha namoyish etildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid