Qosim-Joʻmart Toʻqayev Rossiyani Turkiy davlat tashkilotiga qoʻshishni taklif qildi
Qozogʻiston prezidentining soʻzlariga koʻra, Rossiya turkiy dunyo bilan koʻp asrlik oʻzaro aloqalar tarixiga ega va ushbu mamlakatda koʻplab turkiy xalqlar yashaydi.

Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev Rossiyaning Turkiy Davlatlar Tashkilotiga (TDT) qoʻshilish haqidagi arizasini maʼqullashni yoki mamlakatga kuzatuvchi maqomini berishni taklif qildi.
Toʻqayev oʻz taklifining sababi sifatida tashkilot maqomini keltirdi.
"Tashkilotimizning obroʻsini oshirish uchun Rossiyaning ishtirokiga ijobiy javob berish va uni ushbu formatga qoʻshilishga yoki TDT faoliyatida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga taklif qilish toʻgʻri va adolatli boʻlar edi", dedi u.
Toʻqayevning soʻzlariga koʻra, Rossiya turkiy dunyo bilan koʻp asrlik oʻzaro aloqalar tarixiga ega va ushbu mamlakatda koʻplab turkiy xalqlar yashaydi.
"Rossiya hozirda Qozogʻiston qoʻllab-quvvatlaydigan "Oltoy – Turkiy sivilizatsiya beshigi" loyihasini ilgari surmoqda. Rus tilidagi koʻplab soʻzlar turkiy kelib chiqishiga ega. Umuman olganda, agar Rossiya turkiy davlatlar, yaʼni bizning tashkilotimiz tarkibiga kirsa, bu barcha mamlakatlarimizga foyda keltiradi", dedi Qozogʻiston rahbari.
Eslatib oʻtamiz, hozircha Vengriya Turkiy davlatlar tashkilotiga kuzatuvchi maqomidagi davlat sanaladi.





