platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Sport

"Paxtakor"ga byudjetdan 5 mlrd soʻm ajratiladi

​Toshkent shahar hokimligi "Paxtakor" futbol klubiga 5 mlrd soʻm ajratishni maʼqulladi. Mazkur qarorni shahar hokimi Shavkat Umrzoqov 29 oktabr kuni imzolagan. 

"Paxtakor"ga byudjetdan 5 mlrd soʻm ajratiladi

Toshkentning "Paxtakor" klubiga milliardlab mablagʻ ajratiladi.

​Qarorga “Paxtakor"ning 26 oktabrdagi hamda “Toshkent shahar hokimligi munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” davlat unitar korxonasining 29 oktabrdagi murojaati asos boʻlgan.

​Hujjatga muvofiq, mablagʻlar klub xarajatlarini tasdiqlangan smetaga muvofiq moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi kerak. Qarorning eʼlon qilingan matnida xarajatlarning aniq yoʻnalishlari va miqdori keltirilmagan. Mablagʻlar poytaxt hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladi.

​Qarorga koʻra, ushbu mablagʻ klubning tasdiqlangan smeta asosidagi xarajatlarini qoplashga yoʻnaltiriladi.

​Hokimning moliya, iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosariga qaror ijrosi yuzasidan Toshkent shahar xavq deputatlari Kengashiga hisobot berish topshirilgan.

​Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasining tuman boʻlimlari rahbarlariga biriktirilgan xizmat avtomobillarining ayrim xarajatlari uchun byudjetning zaxira jamgʻarmasi hisobidan jami 180 mln soʻm ajratgan edi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid