platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Noyabr boshida aksincha kam yomgʻir yogʻadi — Oʻzgidromet

Oʻzgidromet noyabr oyining birinchi oʻn kunligida kuchli yomgʻirlar boʻlishi haqidagi tarqalayotgan prognozlarni rad etdi.

Noyabr boshida aksincha kam yomgʻir yogʻadi — Oʻzgidromet

Noyabr oyi boshida Oʻzbekistonda kuchli yomgʻirlar kuzatilishi boʻyicha xabar rad etildi. Gidrometeorologiya xizmati agentligi bu haqda izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoq va messendjerlardagi axborot kanallarida Oʻzgidromet noyabr oyining birinchi oʻn kunligida kuchli yomgʻirlar boʻlishi haqida prognoz bergani toʻgʻrisida xabarlar tarqalmoqda.

"Albatta, kuz mavsumiga xos boʻlgan yomgʻirli kunlarni barchamiz kutmoqdamiz. Biroq sinoptiklar prognozlariga koʻra, aksincha, yaqin kunlarda yogʻingarchilik kuzatiladigan kunlar soni kam boʻlishi kutilmoqda. Shu bois, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirishda rasmiy manbalarga tayanishingizni soʻraymiz", deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkentdagi havo inversiyasi qachongacha davom etishi aytilgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid