platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Sport

Javohir Sindorov AQShda oʻtgan 425 ming dollarlik musobaqada gʻolib chiqdi

Mazkur musobaqa Sindorovning jahon chempionlik unvoni uchun Gukesh Dommarajuga qarshi oʻtkazadigan uchrashuvi oldidagi soʻnggi turniridir. 

Javohir Sindorov AQShda oʻtgan 425 ming dollarlik musobaqada gʻolib chiqdi

29 oktabr kuni AQShning Sent-Luis shahri mezbonlik qilgan Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri soʻngi kuni boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan oʻzbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov turnir chempionligini qoʻlga kiritdi.

Uch kun davom etgan musobaqada Javohir Sindorov dunyoning yetakchi grossmeysterlari – Xikaru Nakamura, Fabiano Karuana va Rameshbabu Pragnanandxaga qarshi bahs olib bordi. Sindarov turnirni 20,5 ochko bilan yakunlab, birinchi oʻrinni egalladi.

Musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 425 ming dollarni tashkil etdi. Gʻolib sifatida Javohir 125 ming dollar asosiy mukofotga ega boʻldi. Bundan tashqari, u partiyalardagi gʻalabalari uchun belgilangan pul bonuslari hamda chempionga atalgan qoʻshimcha jekpotni ham qoʻlga kiritadi.

Ushbu musobaqa Javohir Sindorovning jahon chempionlik unvoni uchun Gukesh Dommarajuga qarshi oʻtkazadigan uchrashuvi oldidagi soʻnggi turniri sanaladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid