platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

"E-qaror" tizimida asossiz yashirilgan 800 ga yaqin hujjat ochiqlandi

Qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻygan 3 nafar rahbar ishdan boʻshatilgan, 2 nafariga "hayfsan" berilgan, 96 nafar masʼul esa intizomiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan.

"E-qaror" tizimida asossiz yashirilgan 800 ga yaqin hujjat ochiqlandi

"E-qaror" tizimida asossiz yashirilgan 771 ta hujjat ochiqlandi.

Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi. Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Taʼkidlanishicha, joriy yilning oʻn oyida davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan umumiy qiymati qariyb 36,1 mlrd soʻmlik 33 ta davlat xaridida qonunbuzilishlar aniqlangan.

Agentlik taqdimnomalari asosida ushbu xaridlar bekor qilinib, xarid jarayonlarining qonunga xilof ravishda davom ettirilishi oldi olingan.

Shuningdek, "E-qaror" tizimida asossiz yashirilgan 771 ta hujjat ochiqlanib, qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻygan 3 nafar rahbar ishdan boʻshatilgan, 2 nafariga "hayfsan" berilgan, 96 nafar masʼul esa intizomiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan. Tahlillarga koʻra, 2026 yilning 9 oyida mahalliy hokimliklar tomonidan jami 128 174 ta hujjat qabul qilingan boʻlib, shundan 90 859 tasi yoki 71 foizi ochiqlangan, 37,315 tasi yoki 29% “yashirilgan” yoki XDFU grifi asosida qabul qilingan.
Boʻ koʻrsatkich, yopiq hujjatlar koʻlami oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga kamayganini koʻrsatadi.

9 oyida fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi 25 ta loyihalarini moliyalashtirish uchun jami 6,3 milliard soʻm miqdorida grant mablagʻlari ajratildi. Bu 2025 yilning 12 oyida ajratilgan 3,4 milliard soʻmlik mablagʻga nisbatan qariyb 85 foizga yoki ikki barobarga koʻpdir.

Joriy yil oʻn oy davomida davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan umumiy qiymati qariyb 36,1 mlrd. soʻmlik 33 ta davlat xaridida qonunbuzilishlar aniqlanib, Agentlikning taqdimnomalari asosida mazkur xaridlarni bekor qilish orqali xarid jarayonlarining qonunga xilof ravishda davom ettirilishi oldi olindi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid