platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Chorraha va qayrilib olish joylari yaqinida yoʻl chizigʻini bosganlik uchun bayonnoma rasmiylashtirilmaydi

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 29 oktabrdagi qarorida maʼlum qilingan. 

Chorraha va qayrilib olish joylari yaqinida yoʻl chizigʻini bosganlik uchun bayonnoma rasmiylashtirilmaydi

Endi chorraha va qayrilib olish joylari yaqinida yoʻl chizigʻini bosganlik uchun YPX xodimlari tomonidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmaydi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 29 oktabrdagi 596 son qarorida gap boradi.

Yaʼni 1 noyabrdan boshlab chorrahagacha 50 metr, qayrilib olish joyigacha 20 metr masofada 1.1 va 1.3 yoʻl yotiq chiziqlarini bosib harakatlanish uchun YPX inspektorlari tomonidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilmaydi.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yoʻlovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik qoidabuzarliklarini qayd etishga ruxsat beriladi.

Yaʼni endi kamar taqmaslik holatini texnik talablarga javob beradigan, maʼlumotlarni “Maʼmuriy amaliyot” moduliga avtomatik ravishda uzatish imkoniyatiga ega boʻlgan qurilmalar ham aniqlashi mumkin.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid