"Bizni oʻldirishdi": Rossiyada 30 yillik "Novaya gazeta" nashri tugatilmoqda
Yillar davomida "Novaya gazeta" va uning jurnalistlari koʻplab mukofotlarga, jumladan, Andrey Saxarov mukofotiga (Anna Politkovskaya, Elvira Goryuxina, Anna Lebedeva, Yelena Milashina) sazovor boʻlishdi. 2021 yilda Dmitriy Muratov Nobel mukofotini qoʻlga kiritdi.

Rossiyaning mashhur "Novaya gazeta" (Adliya vazirligi tomonidan xorijiy agent deb belgilangan) tashkil etilganidan 30 yildan koʻproq vaqt oʻtgach, faoliyatini toʻxtatayotganini eʼlon qildi.
Tahririyat bayonoti gazetaning veb-saytida eʼlon qilindi.
"9 noyabr kuni biz 30 yil yashagan binomizdagi chiroqlarni oʻchiramiz, serverlarni yopamiz va ketamiz. Gazeta endi mavjud emas", deyiladi bayonotda.
"Novaya gazeta" gazetaning onlayn resurslari 2022 yilda harbiy harakatlar boshlanganidan keyin bloklanganini, bosmaxonasi musodara qilinganini va koʻplab jurnalistlar xorijiy agent deb eʼlon qilinganidan keyin mamlakatni tark etishga majbur boʻlganini taʼkidladi. Tahririyat shuningdek, koʻchirish bilan birga ular oʻquvchilardan xayriya olish imkonini beruvchi xayriya tizimini yoʻqotganliklarini yozishdi.
Gazeta bosh muharriri Sergey Sokolov RBKga gazeta "tirikchilikdan mahrum qilinganini" aytdi. "Soʻnggi bir necha yil ichida, bizga bosma materiallarni nashr etish taqiqlanganidan va veb-saytimiz bloklanganidan soʻng, biz oʻquvchilarimizning xayriyalari hisobiga yashab kelmoqdamiz. Oy boshida... bizning ekvayring boʻyicha hamkorlarimiz ichki korporativ qoidalarga asoslanib, xayriyalarni qayta ishlashni bir tomonlama oʻchirib qoʻyishdi. Ekvayring xizmatlarini koʻrsatuvchi boshqa barcha tashkilotlar ham korporativ qoidalarga asoslanib, rad etishdi. Bu tahririyatning moliyaviy jihatdan oʻlimini anglatadi, bundan tashqari biz binosiz qoldik", dedi u.
Bosh muharrir taʼkidlaganidek, tahririyat xodimlari taxminan 50 kishidan iborat edi.
Gazetaning birinchi soni 1993 yil 1 aprelda nashr etilgan. Yillar davomida "Novaya gazeta" va uning jurnalistlari koʻplab mukofotlarga, jumladan, Andrey Saxarov mukofotiga (Anna Politkovskaya, Elvira Goryuxina, Anna Lebedeva, Yelena Milashina) sazovor boʻlishdi. 2021 yilda Dmitriy Muratov "demokratiya va uzoq muddatli tinchlik uchun zarur boʻlgan soʻz erkinligini himoya qilish borasidagi saʼy-harakatlari" uchun Nobel tinchlik mukofotiga sazovor boʻldi.
2022 yilda bosma nashr Roskomnadzorning ikkita ogohlantirishidan soʻng toʻxtatildi. 2024 yil boshidan beri tahririyat "Novaya gazeta"ni nashr etib kelmoqda. "Novaya gazeta" gazetasining tiraji 999 nusxani tashkil yetadi: bu ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatdan oʻtmasdan tarqatilishi mumkin boʻlgan maksimal tirajdir.
2026 yil 4 sentabrda Adliya vazirligi "Novaya gazeta"ni xorijiy agentlar reyestriga qoʻshdi. Vazirlik nashr Rossiya hukumati qarorlari va saylov tizimi haqida yolgʻon maʼlumotlar tarqatganini daʼvo qildi. Keyinchalik "Novaya gazeta"ning oʻzi faoliyatini davom ettirishini bildirdi.





