BAA prezidenti FlyDubai samolyotini qutqargan uchuvchini taqdirladi
Hindistonlik boʻlgan Smit Machhar samolyotni olib qochishga uringan ikkinchi uchuvchining hujumi paytida jarohat olgan. U Birinchi darajali Shayx Zayd ordeni bilan mukofotlandi.

30 sentabr kuni Tel-Avivga parvoz paytida samolyotni olib qochishga urinishning oldini olgan Flydubai ekipaj aʼzolari BAAning davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Marosimda BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zayd va boshqa yuqori lavozimli amaldorlari ishtirok etishdi. Mukofotlarni Dubay valiahd shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Al Maktum topshirdi, u shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosari va Mudofaa vaziri lavozimlarida ham ishlaydi.
Samolyot kapitani, hindistonlik uchuvchi Smit Machchhar mamlakatning eng yuqori mukofotlaridan biri boʻlgan va uning asoschisi nomi bilan atalgan Birinchi darajali Shayx Zayd ordenini oldi.
Ushbu mukofot odatda taniqli davlat arboblari va diplomatlarga, jumladan, xorijiy diplomatlarga beriladi.
"Kapitan Machchhar haqiqiy qahramon. Siz va sizning ekipajingiz abadiy amirliklar oilasining bir qismiga aylandingiz", dedi BAA Prezidenti.
Davlat rahbari shuningdek, uchuvchiga tezroq sogʻayib ketishini tiladi. Xabarlarga koʻra, Machhar samolyotni olib qochishga uringan ikkinchi uchuvchining hujumi paytida jarohat olgan.
Avvalroq FlyDubai uchuvchisi samolyotni qoʻlga olib, terakt sodir etishni rejalashtirgani aytilgandi.





