Yangi tugʻilgan chaqalogʻini hojatxonaga tashlagan ayolning ozodligi cheklandi
Sud majlisida ayol oʻz aybiga iqror boʻlib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirdi. U qaramogʻida bir nafar farzandi borligi va homilador ekanini aytib, yengillik soʻragan.

Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon tumanida yangi tugʻilgan chaqalogʻini hojatxonaga tashlab yuborgan ayol 3 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. OAVda ushbu sud ishi tafsilotlari paydo boʻldi.
Sud hujjatiga koʻra, 1993 yilda tugʻilgan D.E. 2024 yilning noyabr oyida Shoʻrchi tumanida yashovchi A.Oʻ. bilan sharʼiy nikoh asosida turmush qurgan.
Ularning 2025 yil 25 aprelda bir nafar qiz farzandi tugʻilgan. D.E. oʻsha yil sentabr oyida ikkinchi farzandiga homilador boʻlgan.
Ayol joriy yilning 8 iyun kuni ayol Shoʻrchi tumanidagi yashash uyidan Qumqoʻrgʻon tumanida yashovchi ota-onasinikiga kelgan. 10 iyun kuni soat 05:00 larda u uyning orqa tomonidagi hojatxonada qiz farzandini dunyoga keltirgan va chaqaloqni hojatxona ichiga tashlab yuborgan.
Sud majlisida ayol oʻz aybiga iqror boʻlib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan. U qaramogʻida bir nafar farzandi borligi va homilador ekanini aytib, yengillik soʻragan.
Sud hukmiga koʻra, D.E. Jinoyat kodeksining 99-moddasi (Onaning oʻz chaqalogʻini qasddan oʻldirishi) bilan aybli deb topilib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.





