"Vaziyat oʻrganilmoqda": IIV SafeRoad boʻyicha bayonot berdi
Holat yuzasidan DXX huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasi hamda “AUTODOC” MChJ masʼullari tomonidan hamkorlikda oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi SafeRoad ishi boʻyicha rasmiy bayonot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning shaxsga doir maʼlumotlari tarqalganligi, jumladan, “AUTODOC” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan va operatorligi amalga oshiriladigan “SAFE Service” (avvalgi “Safe Road”) platformasiga aloqador maʼlumotlar oshkor boʻlganligi haqida xabarlar eʼlon qilinmoqda.
Mazkur xabarlarning haqqoniyligini aniqlash, tarqatilayotgan maʼlumotlarning kelib chiqish manbalari va ularning tarqalish holatlarini oʻrganish, shuningdek, SAFE Service platformasi hamda boshqa tegishli axborot tizimlari va elektron platformalarda shaxsga doir maʼlumotlarning chiqib ketishi bilan bogʻliq holatlar mavjud yoki mavjud emasligi tekshirilmoqda.
Jumladan, holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasi, Ichki ishlar vazirligi hamda “AUTODOC” MChJ masʼullari tomonidan hamkorlikda oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Oʻrganishlar yakunlari boʻyicha aniqlangan holatlar, agar axborot tasdiqlanmasa, ularning kelib chiqish sabablari va manbalari yuzasidan qoʻshimcha rasmiy axborot taqdim etiladi.
Avvalroq SafeRoad foydalanuvchilarining shaxsiy maʼlumotlari tarqalganini inkor etgandi.





