platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentdagi havo inversiyasi qachongacha davom etishi aytildi

Hozirda chang va ifloslantiruvchi moddalar havoga doimiy ravishda chiqib turibdi.  Agar shamol esmasa, ularning tarqalib ketishi qiyinlashadi. Yomgʻir yogʻsa ham havodagi chang zarrachalarini yuvib tushiradi.

Toshkentdagi havo inversiyasi qachongacha davom etishi aytildi

Toshkentda atmosfera inversiyasi yana saqlanishi mumkin. Gidrometerologiya xizmati agentligi bu haqda maʼlum qildi.

Toshkent shahrida atmosfera inversiyasi davom etishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Yangi prognozlarga koʻra, bu holat yana 10 kun saqlanib qolishi mumkin.

Nega havo ifloslanishi kuchaymoqda?

Bu jarayonni oddiy misol bilan tushuntirish mumkin: chang va ifloslantiruvchi moddalar havoga doimiy ravishda chiqib turibdi. Agar shamol esmasa, ularning tarqalib ketishi qiyinlashadi. Yomgʻir yogʻsa ham havodagi chang zarrachalarini yuvib tushiradi.

Shamol va yomgʻir boʻlmagan davrda ifloslantiruvchi moddalar havoda toʻplanib boradi. Atmosfera inversiyasi esa ularning yuqoriga tarqalishini yanada qiyinlashtiradi.

Kuzatishingiz mumkin, har kuni kun isigan vaqtda shamol esib, chang tarqab, ifloslanganlik darajasi nisbatan pasaymoqda. Tongda va kechki paytga kelib inversiya taʼsirida chang tarqalmasdan ifloslanish darajasi ortmoqda.

Taʼkidlash kerak, atmosfera havosi sifatini yaxshilash uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ulardan, shaharda avtomobil yoʻllariga suv sepilishi, issiqxonalarda filtrlar oʻrnatilishi, koʻkalamzorlashtirish ishlari, qurilish maydonlarida chang koʻtarilmasligini nazorat qilish va boshqalar.
Shu bilan birga, atrof-muhitni ifloslantirayotgan issiqxonalar va sanoat korxonalariga reydlar uyushtirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid