platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Suv omborlari atrofidagi turizm obʼektlariga yangi xavfsizlik talablari qoʻyildi

Bunday hududlarda qutqaruv xizmatini tashkil qilishi yoki professional qutqaruvchilar navbatchiligini yoʻlga qoʻyish shart boʻladi. 

Suv omborlari atrofidagi turizm obʼektlariga yangi xavfsizlik talablari qoʻyildi

Suv omborlari atrofidagi turizm obʼektlariga yangi xavfsizlik talablari belgilandi.

Prezidentning 2026 yil 27 oktabrdagi PQ–387-son qarori bilan suv omborlari va ularga tutash hududlardagi turizm obʼektlarida tadbirkorlar rioya etishi shart boʻlgan xavfsizlik talablari belgilandi.

Tadbirkorlar:

– qutqaruv qayiqlari, kuzatuv minoralari va suv chuqurligi koʻrsatkichlarini oʻrnatishi;

– ob-havoga oid xavflardan ogohlantiruvchi belgilar, videokuzatuv va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishi;

– qutqaruv xizmatini tashkil qilishi yoki professional qutqaruvchilar navbatchiligini yoʻlga qoʻyishi;

– kichik kemalar va ular turadigan inshootlardan xavfsiz foydalanish talablariga rioya etishi shart.

Talablar suv omborlari va ularga tutash hududlarda aholi xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan.

Qarorga koʻra, suv omborlari va ularga tutash hududlarda turizm xizmatlarini tashkil etgan tadbirkorlarga 2029 yil 1 oktabrga qadar quyidagi imtiyozlar beriladi:

- yuridik shaxslar uchun yer soligʻi va mol-mulk soligʻi stavkalari belgilangan stavkalarning 50 foizi miqdorida qoʻllanadi;

- suvda foydalanishga moʻljallangan GPS qurilmalari, qutqaruv va xavfsizlik anjomlari, zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlarini 120 kun muddatga kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid