platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Anqaraga yetib bordi

“Etimesgut” aeroportida davlatimiz rahbarini Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kutib oldi. Turkiyada poytaxtida prezident yurtdoshlarimiz bilan suhbat oʻtkazib, ularning hayoti, oʻqishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Anqaraga yetib bordi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida amaliy tashrif bilan Anqara shahriga keldi.

“Etimesgut” aeroportida davlatimiz rahbarini Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Anqaraga yetib bordi

Shu kunlarda Oʻzbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

“Turkiy asr: tilda, fikrda va ishda birlik” shiori ostida oʻtadigan anjuman kun tartibidan ustuvor yoʻnalishlardagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari oʻrin olgan.

Sammit yakunlari boʻyicha Anqara deklaratsiyasi hamda tashkilot doirasida amaliy sheriklikni yanada kengaytirishga qaratilgan bitimlar toʻplami qabul qilinadi.

Amaliy tashrif bilan Anqara shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Turkiyadagi vatandoshlarimiz samimiy kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Anqaraga yetib bordi

Davlatimiz rahbari yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashib, ularning hayoti, oʻqishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

– Yana bir bor vatandoshlarimni koʻrib turganimdan xursandman. Qayerda boʻlmanglar, bir daqiqa ham vaqtingizni behuda oʻtkazmanglar. Doimo ilmga, bilim olishga, oʻrganishga intilinglar. Bu jonajon Vatanimiz, buyuk Oʻzbekistonimiz kelajagiga qoʻshadigan hissangiz boʻladi, – dedi Prezidentimiz.

Muloqotda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor mamlakatimizning uzoq istiqboli bilan bogʻliq ekani taʼkidlandi. Davlatimiz rahbari ulugʻ ajdodlarimizning ilmiy merosi va qadriyatlari tiklanayotganiga toʻxtalib, vatandoshlarimiz Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga koʻmakdosh boʻlishiga ishonch bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Anqaraga yetib bordi

– Men vatandoshlarimizni doimo sogʻinib, eslab yuraman. Sizlarning yaxshi yashashingiz, Vatanga qaytib, uning ravnaqiga munosib hissa qoʻsha olishingiz uchun Oʻzbekistonda barcha sharoitlarni yaratishga harakat qilyapmiz. Ilm olish, bilim egallash, uy-joyli boʻlish uchun imkoniyatlarni kengaytiryapmiz, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev va vatandoshlarimizga muvaffaqiyatlar tiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid