platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev asarlari Garvard universiteti kutubxonasidan oʻrin oldi

Garvard kutubxonasiga Prezident Shavkat Mirziyoyevning ingliz tilida nashr etilgan “Yangi Oʻzbekistonning “yashil” taraqqiyot yoʻli” kitobi hamda “Shavkat Mirziyoyev – jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi”, “Mustaqillik zafarnomasi” “Yangi Oʻzbekiston: tinchlik, insonparvarlik va bagʻrikenglik diyori” kitob-albomlari taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev asarlari Garvard universiteti kutubxonasidan oʻrin oldi

Oʻzbekistonning zamonaviy taraqqiyoti, tinchlikparvar siyosati va boy madaniy merosini aks ettiruvchi kitoblar dunyoning nufuzli ilmiy maskanlaridan biri – Garvard universiteti kutubxonasiga taqdim etildi. Ular orasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning ingliz tilida nashr etilgan asarlari ham oʻrin olgan.

Bilimni yaratish muhim. Uni asrab-avaylash, tizimlashtirish va kelajak avlodlarga yetkazish esa yanada katta masʼuliyat talab etadi. Shu maʼnoda, Oʻzbekiston haqidagi kitoblarni Garvard universiteti kutubxonasiga taqdim etish mamlakatimizning ilmiy-maʼrifiy merosini xalqaro akademik muhitga olib kirish yoʻlidagi muhim tashabbusdir.

1638 yildan boshlangan tarixga ega Garvard kutubxonasi bugun 25 dan ortiq kutubxona va boʻlinmani birlashtiradi. Uning fondlarida 20 milliondan ortiq kitob va boshqa materiallar, 460 dan ziyod tildagi manbalar mavjud. Bu yerda nafaqat kitoblar, balki noyob qoʻlyozmalar, tarixiy hujjatlar, xaritalar, fotosuratlar va boshqa ilmiy manbalar ham saqlanadi.

Endi ushbu ulkan bilimlar makonida Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyoti va milliy merosi haqida hikoya qiluvchi nashrlar ham oʻrin oldi.

Shavkat Mirziyoyev asarlari Garvard universiteti kutubxonasidan oʻrin oldi

Garvard universiteti kutubxonasiga Prezident Shavkat Mirziyoyevning ingliz tilida nashr etilgan “Yangi Oʻzbekistonning “yashil” taraqqiyot yoʻli” kitobi hamda “Shavkat Mirziyoyev – jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi”, “Mustaqillik zafarnomasi” “Yangi Oʻzbekiston: tinchlik, insonparvarlik va bagʻrikenglik diyori” kitob-albomlari taqdim etildi.

Ushbu nashrlar orqali xorijiy oʻquvchilar va tadqiqotchilar Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning “yashil taraqqiyot” ekologik barqarorlikka oid yondashuvlari, tinchlikparvar tashqi siyosati, insonparvarlik tamoyillari va mustaqillik yillaridagi taraqqiyot tajribasi bilan tanishish imkoniga ega boʻladi.

Ushbu asarlarning Garvard kutubxonasiga taqdim etilishi, avvalo, Oʻzbekistonning zamonaviy taraqqiyoti haqidagi manbalarni xalqaro ilmiy-maʼrifiy makonda koʻpaytirishga xizmat qiladi. Bu – mamlakatimiz haqidagi bilimlarni faqat bugungi auditoriyaga emas, balki kelgusida ushbu manbalarga murojaat qiladigan talabalar, olimlar va tadqiqotchilarga ham yetkazish imkoniyatidir.

Barqaror rivojlanish markazi NNT boʻlim boshligʻi Avazbek Xalbekov taʼkidlaganidek, Oʻzbekistonning taraqqiyot tajribasi va boy maʼnaviy merosini xalqaro hamjamiyatga yetkazishga qaratilgan kitoblar taqdimoti avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkilotida ham oʻtkazilgan. Yangi Oʻzbekistondagi keng koʻlamli oʻzgarishlar haqidagi materiallarni xalqaro auditoriyaga yetkazish imkoniyati uchun Garvard universiteti rahbariyatiga minnatdorlik bildirgan holda, bunday tashabbuslar mamlakatimizning xalqaro ilmiy-maʼrifiy makondagi tanituvini kengaytirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Taqdim etilgan nashrlar yuzasidan Garvardning noyob kitoblar va qoʻlyozmalar bilan ishlashga ixtisoslashgan Xouton kutubxonasi (Houghton Library) vakili Kristina Jeykobson (Christine Jacobson) ham fikr bildirdi. Uning taʼkidlashicha, taqdim etilgan kitoblar Oʻzbekiston haqidagi bilimlarni xalqaro ilmiy-maʼrifiy muhitda kengaytirishga xizmat qiladi.

Bu tashabbusning ahamiyati kitoblarning mashhur universitet kutubxonasiga joylashtirilishi bilangina cheklanmaydi. U Oʻzbekiston haqidagi manbalarni xalqaro ilmiy muhitga olib kirish, milliy madaniy merosni asrash va mamlakatimizning zamonaviy taraqqiyoti haqidagi maʼlumotlarni xorijiy tadqiqotchilarga yetkazish imkoniyatini kengaytiradi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid