platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Yanvar-oktabr oylarida 5,3 million kub metr foydali qazilma noqonuniy qazib olingani aniqlandi

Hisobot davrida xavfli ishlab chiqarish obʼektlarida jami 18 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan va shulardan 7 tasi oʻlim bilan yakunlandi. 

Yanvar-oktabr oylarida 5,3 million kub metr foydali qazilma noqonuniy qazib olingani aniqlandi

2026 yil yanvar-oktabr oylarida yer qaʼridan foydalanish sohasida 576 ta nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Shulardan 235 tasi tekshiruv natijasida jami 5,3 million kub metr foydali qazilma noqonuniy qazib olingani aniqlangan. Mazkur noqonuniy holatlar natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan zarar 106 milliard soʻm miqdor hisoblangan. Bu haqda 29 oktabr kuni Kontent markazdagi matbuot anjumanida Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi maʼlum qildi.

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi Akbar Xoʻjaqulovga koʻra, hozirgi vaqtda davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan 60 mlrd soʻmga yaqin pul davlat hisobiga kelib tushgan.

Foydali qazilmalarni qazib olish shartlariga rioya qilinmagan tadbirkorlarlik subektlariga tegishli 117 ta ruxsatnoma yuzasidan sudlarga daʼvo arizalari kiritilgan. Natijada 43 ta ruxsatnoma muddatidan oldin bekor qilingan, yaʼni 55 ta ruxsatnoma boʻyicha tegishli taqdimnomalar kiritilgan.

Oʻtgan 9 oy davomida xavfli ishlab chiqarish obektlarida 18 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan. Shulardan 7 tasi oʻlim bilan yakunlangan, 8 tasi ogʻir tan jarohati olgan, 3 tasi esa guruhiy baxtsiz hodisa sifatida qayd etilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid