Poyezd, samolyot va avtobuslar uchun yagona chipta joriy etilishi mumkin
Transport sohasi boʻyicha yangi loyiha jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Unda 2027 yil oxirigacha tezyurar poyezdlar qatnovini Andijondan Samarqandgacha uzaytirish taklifi ham bor.

Transport sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Taklifga koʻra, 2028 yildan ayrim yoʻnalishlarda poyezd, samolyot va avtobus uchun yagona chipta — "Bir yoʻl" platformasini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, strategiya loyihasida quyidagi rejalar ham bor:
-2027 yil oxirigacha tezyurar poyezdlar qatnovini Andijondan Samarqandgacha uzaytirish;
-Toshkentdagi ikki temir yoʻl vokzali, xalqaro aeroport va markaziy avtovokzalni yagona transport bogʻlamasiga birlashtirish;
-2028 yilda Fargʻona vodiysidagi halqa yoʻnalishida elektropoyezdlar qatnovini ikki barobar oshirish;
-Vokzallar va xalqaro aeroportlarda bepul Wi-Fi hamda bagaj saqlash xizmatlarini yoʻlga qoʻyish;
-58 ta avtovokzal va avtostansiyani qurish yoki rekonstruksiya qilish.
Shuningdek, 2030 yilgacha temir yoʻl, havo va avtomobil transportida mahalliy yoʻlovchi tashuvlarini oʻzaro uygʻunlashtirish rejalashtirilmoqda.
Jumladan, 2027 yil iyul oyidan Toshkent aglomeratsiyasida temir yoʻl vokzallari, xalqaro aeroport va markaziy avtovokzalni bogʻlovchi yagona transport bogʻlamasi yaratiladi. Chirchiq, Yangiyoʻl, Angren va Olmaliqdan qatnovchi shahar atrofi elektropoyezdlari soni 1,5 barobarga oshirilib, metro bekatlariga bevosita transfer tashkil etiladi





