Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot institutida doktorantlar uchun ilmiy seminar boʻlib oʻtadi
Anjumanda mahalliy va xorijiy mutaxassislar biotexnologiya, farmatsevtika va bioinformatika sohasidagi zamonaviy ishlanmalar bilan oʻrtoqlashadilar.

2026 yil 30 oktabr kuni Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot institutida tadqiqotchilar va doktorantlar uchun muhim ilmiy seminar boʻlib oʻtadi.
Anjumanda mahalliy va xorijiy mutaxassislar biotexnologiya, farmatsevtika va bioinformatika sohasidagi zamonaviy ishlanmalar bilan oʻrtoqlashadilar.
Tadbir dasturidan oʻrin olgan asosiy maʼruzalar:
- «Vaksinalar va biotexnologiya uchun sirtqi displey platformalarini yaratish» — Gloremza Ahmadian, PhD (Genetik muhandislik va biotexnologiya laboratoriyasi mudiri);
- «Terini himoya qilishda oʻsimliklarning ikkilamchi metabolitlari» — Sana Ullah, PhD (Tabiiy birijmalar kimyosi laboratoriyasi mudiri);
- «Oʻzak hujayralar: asosiy tushunchalardan biotibbiyot va farmatsevtikada qoʻllash istiqbollarigacha» — Senem Simsek, PhD (Strukturaviy oqsillar laboratoriyasi mudiri);
- «Eksperimental tadqiqot vositalari: asosiy laboratoriya usullarini tanlash va muvofiqlashtirish» — Muslimbek Poyonov, MSc (Farmakokinetika va farmakogenomika laboratoriyasi mudiri);
- «Bioinformatika: biologik maʼlumotlardan amaliy bilimlargacha» — Ahrorbek Ahmedov, MD, MSc (katta ilmiy xodim).
Tadbir oʻtkazilish vaqti va manzili:
- Sana: 2026 yil 30 oktabr (juma)
- Vaqt: Soat 15:00
- Manzil: «BioPharma City» binosi, 2-qavat, 1-konferensiya zali.

