Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish sohasida raqamlashtirish qay ahvolda?
Endilikda xizmat koʻrsatish faqat geozonalar boʻyicha emas, balki aholi yashash manzillari va chiqindi yigʻish shoxobchalari kesimida tashkil etiladi. Bunda aholi “Toza makon” mobil ilovasi va Telegram-bot orqali chiqindi tashuvchi texnikaning kelishini real vaqt rejimida kuzatishi, texnika yaqinlashganda esa bildirishnoma olishi mumkin boʻladi.

Aholiga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida “Toza makon” mobil ilovasi ishlab chiqilgan. Mobil ilova orqali fuqarolar oʻzlarining chiqindi xizmatlari boʻyicha hisob-kitoblari va mavjud qarzdorligini koʻrishi, toʻlovlar holatini monitoring qilishi hamda shaxsiy hisobvaragʻi boʻyicha maʼlumotlarni nazorat qilib borishi mumkin.
Canitar tozalash xizmatlari amalda tegishli hududda chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati belgilangan tartibda koʻrsatilmagan hollarda, fuqarolarga ushbu davr uchun hisoblangan toʻlovlar qayta hisob-kitob qilib beriladi.
Bundan tashqari, “Toza makon” yagona billing axborot tizimida chiqindi tashuvchi texnikalar harakatini yanada aniq nazorat qilish tizimi takomillashtirilayotgan ekan. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish agentligi xabar berdi.
Endilikda xizmat koʻrsatish faqat geozonalar boʻyicha emas, balki aholi yashash manzillari va chiqindi yigʻish shoxobchalari kesimida tashkil etiladi. Bunda aholi “Toza makon” mobil ilovasi va Telegram-bot orqali chiqindi tashuvchi texnikaning kelishini real vaqt rejimida kuzatishi, texnika yaqinlashganda esa bildirishnoma olishi mumkin boʻladi. Mutaxassislar tomonidan ushbu tizim orqali sanitar tozalash korxonalari faoliyatini baholash va xizmat sifatini doimiy monitoring qilish imkoniyati yaratilishi aytildi.
"Musuravozlar"ning hududga kirishini kim nazorat qiladi?
Xizmat koʻrsatishda kamchiliklar, belgilangan jadvaldan chetga chiqish yoki xizmat umuman koʻrsatilmagan holatlar aniqlansa, hududga xizmat koʻrsatuvchi sanitar tozalash korxonasi nazoratga olinadi va tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Xizmat koʻrsatilmagan davrlar uchun aholiga hisoblangan toʻlovlar qayta hisob-kitob qilinadi va ortiqcha toʻlangan mablagʻlar hisob raqamiga qaytariladi.
Sifatsiz sanitar tozalash xizmati uchun masʼul operatorlarga chora koʻriladimi?
Chiqindilarni olib chiqish boʻyicha xizmat koʻrsatish sifati talab darajasida boʻlmagan korxonalar faoliyati baholanib, ular natijalarga koʻra "qizil", "sariq" va" yashil" toifalarga ajratiladi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan amaldagi qonunchilikda belgilangan choralar, jumladan, moliyaviy jarimalar qoʻllaniladi.
Shuningdek, jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan korxonalar bilan tuzilgan bitimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilish choralari koʻriladi.





