platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Ish joyida vafot etgan 205 nafar odam uchun 16 mlrd soʻmdan ortiq tovon puli undirildi

Oʻtgan 9 oy davomida mansabdor shaxslarga nisbatan 22,3 milliard soʻm maʼmuriy jarimalar qoʻllanilgan.

Ish joyida vafot etgan 205 nafar odam uchun 16 mlrd soʻmdan ortiq tovon puli undirildi

Oʻtgan 9 oy davomida ish vaqtidan tashqarida mehnatga jalb qilish holati 15 ta aniqlangan boʻlib, ular tegishli ravishda maʼmuriy javobgarlik aniqlangan. Bundan tashqari yana 45 ta ish beruvchiga yoki ularning masʼullariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik bayonnomalari rasmiylashtirilgan. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari Marat Joʻrayev 28 oktabr kuni Kontent markazda oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Vazir oʻrinbosariga koʻra, ijtimoiy tarmoqlarda majburiy mehnatga jalb qilingan yoki ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilish holatlari haqida tarqalgan holatlar oʻrganilib, agar holat tasdigʻini topsa Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻsha viloyat rahbariga ogohlantirish xati yuboriladi. Joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida ish vaqtida ishga jalb qilish holatlari 15 tasi aniqlanib, tegishli shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik koʻrilgan.

“Bu pedagoglar boʻladimi yoki boshqa kasb egalari tozalash yoki boshqa ishlarga jalb qilish boʻyicha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishlari mumkin. Bu boʻyicha alohida, boyagi oʻn beshtadan tashqari, yana qirq yettita, ish beruvchilar va ish beruvchilarining tegishli masʼullariga chora koʻrilib, shu maʼmuriy javobgarlik bayonnomalari rasmiylashtirilgan”, — dedi vazir oʻrinbosari Marat Joʻrayev.

Oʻtgan davr mobaynida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 15,1 mingta nazorat tadbiri oʻtkazilib, 36,1 mingta qonunbuzilish holati aniqlangan. Qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan 5 666 ta yozma koʻrsatma va 247 ta taqdimnoma kiritilib, mansabdor shaxslarga 22,3 milliard soʻm maʼmuriy jarima qoʻllanildi.

Inspeksiya aralashuvi bilan qariyb 35 ming nafar xodimga 832,1 milliard soʻmdan ortiq ish haqi undirib berildi, 4 467 fuqaroning mehnat huquqlari tiklandi. Ish haqi boʻyicha sudlarga kiritilgan daʼvolar asosida qariyb 29,5 milliard soʻm undirildi. Ishga tiklash boʻyicha sud qarorlari asosida 158 nafar fuqaro ishga tiklandi.

Mehnat faoliyati bilan bogʻliq 692 ta baxtsiz hodisa maxsus tekshirildi. Oqibatda 758 nafar fuqaro jabrlangan, jumladan, 205 nafari vafot etgan. Sud qarorlari asosida 16 milliard soʻmdan ortiq tovon puli undirildi.

Majburiy mehnatga oid 47 ta holat aniqlanib, aybdor mansabdor shaxslarga 1,5 milliard soʻm jarima qoʻllanildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid