"Baraka" ilovasi yangilanadi
Yangilangan ilovada "Moliya" va "Ijtimoiy xizmatlar" uchun alohida boʻlimlar boʻladi. Koʻrishi zaif foydalanuvchilar uchun matn oʻlchami, kontrast va ekran mavzusini sozlash imkonini beruvchi maxsus rejim ham qoʻshiladi.

"Baraka" ilovasi yangilanadi. Unda moliya va ijtimoiy xizmatlar alohida boʻlimlarga ajratiladi.
"Baraka" mobil ilovasining 3 noyabrda chiqarilishi rejalashtirilgan yangi versiyasi Samarqanddagi "Bolalar farovonligiga investitsiya" jahon sammitida taqdim etildi.
Yangilangan ilovada "Moliya" va "Ijtimoiy xizmatlar" uchun alohida boʻlimlar boʻladi. Koʻrishi zaif foydalanuvchilar uchun matn oʻlchami, kontrast va ekran mavzusini sozlash imkonini beruvchi maxsus rejim ham qoʻshiladi.


Hozir "Baraka" kartasidan 1,8 milliondan ortiq kishi foydalanmoqda. Ilova orqali 80 dan ortiq ijtimoiy xizmat va toʻlov uchun ariza berish, 19 turdagi rasmiy hujjatdan elektron shaklda foydalanish mumkin.


