platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Yil boshidan buyon 4,2 trillion soʻm xarajat maqbullashtirildi

Ushbu ​hisobot davrida 84 ta audit tadbiri oʻtkazilib, shundan 46 tasi masofaviy shaklda amalga oshirildi. Auditlar natijasida xarajatlar yoʻnalishida 2 trillion soʻmlik moliyaviy xatoliklar aniqlangan. 

Yil boshidan buyon 4,2 trillion soʻm xarajat maqbullashtirildi

Hisob palatasi 9 oyda 4,2 trillion soʻm xarajatni maqbullashtirdi, 250,2 milliard soʻm byudjetga undirildi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.

​Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi matbuot kotibi Dildora Hoshimova ishtirokida oʻtkazilgan brifingda idoraning 2026 yil 9 oylik faoliyati natijalari maʼlum qilindi.

​Hisobot davrida 84 ta audit tadbiri oʻtkazilib, shundan 46 tasi masofaviy shaklda amalga oshirildi. Auditlar natijasida xarajatlar yoʻnalishida 2 trillion soʻmlik moliyaviy xatoliklar aniqlanib, 4,2 trillion soʻm xarajat maqbullashtirildi, 23,6 milliard soʻmlik noqonuniy xarajatlarning oldi olindi va byudjetga 250,2 milliard soʻm undirildi. Daromadlar yoʻnalishida esa 1,6 trillion soʻmlik qoʻshimcha soliq va majburiy toʻlov manbalari aniqlanib, shundan 656,3 milliard soʻmi byudjetga yoʻnaltirildi. Davlat xaridlari sohasida 10,2 trillion soʻmlik qonunchilik talablari buzilishi holatlari aniqlanib, huquqiy baho berish uchun 4,8 trillion soʻmlik hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

​Hisob palatasi faoliyatini raqamlashtirish doirasida masofaviy nazorat orqali aniqlangan xavf-xatarlarning 17,1 trillion soʻmlik qismi bartaraf etildi, 90 milliard soʻmlik kamchiliklarning oldi olindi. “Masofaviy audit” axborot tizimida 5 ta yoʻnalish boʻyicha sunʼiy intellekt imkoniyatlari joriy etilib, 115 milliard soʻmlik qonunbuzilish holatlari bartaraf etildi. Shuningdek, audit va maʼlumotlar tahlili sohalariga malakali kadrlarni jalb qilish maqsadida ilk bor ochiq tanlov eʼlon qilinib, 300 dan ortiq ariza kelib tushdi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Davlat auditi oliy maktabi tashkil etilib, oʻquv dasturlariga xalqaro CIPFA va INTOSAI standartlari asosidagi modullar kiritildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid