Toshkentda talaba 64 ming USDTlik kripto-aktivlar oldi-sotdisini amalga oshirgani aniqlandi
U poytaxtimizdagi nufuzli davlat oliy taʼlim muassasasi talabasi boʻlgan va “Bitget” kripto-birjasi platformasida litsenziyasiz faoliyat yuritgan.

Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasi bilan shugʻullangan shaxsning harakatlariga chek qoʻyildi.
Xususan, poytaxtimizdagi nufuzli davlat oliy taʼlim muassasasi talabasi hisoblangan, Toshkent tumanida yashovchi, 2008 y.t. fuqaro 2025 yilning dekabr oyidan joriy yilning oktabriga qadar “Bitget” kripto-birjasi platformasida litsenziyasiz faoliyat yuritib, tranzaksiyalar orqali 64 715 USDT miqdoridagi kripto-aktivlar oldi-sotdisini amalga oshirgan.
Shuningdek, mazkur shaxs “Telegram” messenjerida 140 ta xorijiy davlatlarning virtual telefon raqamlarini sotish bilan ham shugʻullangan.
Bundan tashqari, uning kripto-hamyonida 450 USDT mavjudligi aniqlanndi.
Hozirda qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.





