platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentda havo sifati sabab himoya niqobidan foydalanish tavsiya etildi

Harorat pasayishi, shamolning kuchsizligi va havo massalarining shahar atrofida toʻplanishi ifloslantiruvchi moddalar tarqalishini cheklagan.

Toshkentda havo sifati sabab himoya niqobidan foydalanish tavsiya etildi

Toshkentda havo sifati yomonlashishi sabab himoya niqobidan foydalanish va ochiq havoda uzoq qolmaslik tavsiya etildi.

27 oktabrdan 28 oktabrga oʻtar kechasi poytaxtda havo sifati xalqaro AQI indeksi boʻyicha "noqulay", ayrim kuzatuv nuqtalarida "juda noqulay" darajada boʻlgani maʼlum qilindi.

Yunusobod, Olmazor, Yangihayot, Sergeli va Yashnobod tumanlarida oʻtkazilgan tungi oʻlchovlarning barchasida PM2,5 zarrachalari miqdori "juda noqulay" toifaga mos kelgan.

Toshkentda havo sifati sabab himoya niqobidan foydalanish tavsiya etildi


Harorat pasayishi, shamolning kuchsizligi va havo massalarining shahar atrofida toʻplanishi ifloslantiruvchi moddalar tarqalishini cheklagan.

28 oktabr kunduzi va kechqurun ham havo sifati xalqaro AQI boʻyicha "noqulay" darajada boʻlishi kutilmoqda.

Ayniqsa, bolalar, keksalar, homilador va emizikli ayollar, yurak-qon tomir hamda nafas yoʻli kasalliklari borlarga kechqurun va tunda imkoni boricha tashqariga chiqmaslik, derazalarni yopiq tutish tavsiya etilgan. Tashqariga chiqqanda himoya niqobidan foydalanish va ochiq havoda uzoq qolmaslik soʻralgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid