platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentda changni kamaytirish uchun qariyb 100 ta maxsus texnika jalb etildi

Taʼkidlanishicha, yoʻl qoplamasini muntazam namlash changning bosilishiga va uning havoga koʻtarilishini kamaytirishga yordam beradi. 

Toshkentda changni kamaytirish uchun qariyb 100 ta maxsus texnika jalb etildi

Toshkent koʻchalarida chang koʻtarilishini kamaytirish va havodagi namlikni oshirish maqsadida qariyb 100 ta maxsus texnika yordamida suv sepish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, yoʻl qoplamasini muntazam namlash changning bosilishiga va uning havoga koʻtarilishini kamaytirishga yordam beradi.

Shuningdek, shaharda favvoralar va sugʻorish tizimlari ham ishga tushirilmoqda. Bu choralar koʻchalardagi namlikni oshirish, shahar muhitini yanada qulay qilishga qaratilgan.

Suv sepish, sugʻorish va favvoralar faoliyati shahar mikroiqlimini yaxshilash, chang miqdorini kamaytirish hamda aholi uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid