platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentda 6 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Hodisa qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilayotgan xususiy uyda sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, uyning yertoʻla qismiga oʻrnatilgan isitish qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan. 

Toshkentda 6 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

2026 yil 25 oktabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida 6 nafar fuqaro vafot etdi.

Shuningdek, yana 2 nafar fuqaro ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Bu maʼlumotni Bosh prokuratura tasdiqladi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilayotgan xususiy uyda sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, uyning yertoʻla qismiga oʻrnatilgan isitish qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan, gaz tarmogʻiga esa belgilangan tartibda tegishli texnik shartlarsiz ulanilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116, 257, 205-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Ayni paytda tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid