platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toʻqqiz oyda Oʻzbekiston IESlarida qancha elektr ishlab chiqarilgani ochiqlandi

Mazkur energiya resurslarini ishlab chiqarish uchun oʻtgan davrda jami 3,8 mlrd kubmetr tabiiy gaz hamda 645,5 ming tonna koʻmir sarflangan.

Toʻqqiz oyda Oʻzbekiston IESlarida qancha elektr ishlab chiqarilgani ochiqlandi

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan jami elektr va issiqlik energiyasining salmoqli qismi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ elektr stansiyalari hamda issiqlik markazlari zimmasiga toʻgʻri keladi.

Jamiyat tarkibida quvvati 6,9 GVt boʻlgan 8 ta elektr stansiyasi, quvvati 2,1 GVt boʻlgan 1 ta boshqaruvdagi elektr stansiyasi, shuningdek, “Toshkent issiqlik markazi” tarkibidagi 9 ta issiqlik markazi faoliyat yuritmoqda.

2026 yilning oʻtgan 9 oyi davomida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tasarrufidagi korxonalar tomonidan 15,2 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, prognoz koʻrsatkich 108 foizga, 5,9 mln Gkal issiqlik energiyasi uzatilib, prognoz koʻrsatkich 107 foizga bajarildi.

Elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonida shartli yoqilgʻining solishtirma sarfi 272,11 gramm/kVt·soatni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich joriy yil uchun belgilangan prognoz koʻrsatkichdan 3,46 grammga, 2025 yilning mos davriga nisbatan esa 5,79 grammga kamdir.

Belgilangan energiya resurslarini ishlab chiqarish uchun oʻtgan davrda jami 3,8 mlrd kubmetr tabiiy gaz hamda 645,5 ming tonna koʻmir sarflandi.

Bugun Jamiyat tizimida energiya resurslarini tejash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu yoʻnalishda tizim korxonalarida energiya resurslaridan samarali foydalanish va ularni tejash ishlari ISO 50001 xalqaro standarti talablari asosida tashkil etilgan.

Mazkur standart talablari asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzenergoinspeksiya bilan kelishilgan holda 2026 yilga moʻljallangan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Unga koʻra, joriy yilning 9 oyida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga 52,0 mln kubmetr tabiiy gaz va 137,7 mln kVt·soat elektr energiyasi tejaldi.

Bunda tabiiy gazni tejash boʻyicha prognoz koʻrsatkichi 137,7 foizga, elektr energiyasini tejash boʻyicha esa 107 foizga bajarildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid