Tailand oʻzbekistonliklar uchun vizasiz rejimni qayta tiklashi mumkin
Rasmiy Bangkok Oʻzbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uchun 15 kunlik vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda.

Tailand Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni qayta tiklashi mumkin.
Tailand Oʻzbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uchun 15 kunlik vizasiz rejim joriy etishni moʻljallamoqda.
Tegishli taklif 9 noyabr kuni Viza siyosati qoʻmitasi yigʻilishida koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.
“Oʻzbekistonlik sayyohlar Tailand vizasini olishda murakkab elektron viza tartibiga duch kelgan, bunda arizalar faqat Tailandning Rossiyadagi elchixonasi orqali koʻrib chiqilgan. Murakkab jarayon mahalliy turfirmalarni Tailandga sayohat paketlarini bekor qilib, ularning oʻrniga Vetnam kabi muqobil yoʻnalishlarni taklif etishga majbur qilgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim 2026 yil 15 iyulda toʻxtatilgandi.
Avvalroq Tailand vizasini olish tartibi eʼlon qilingandi. Buning uchun Moskvadagi elchixonaga toʻlov qilish lozim.





