"Tahlilnoma" koʻrsatuvi boshlovchisi Ozod Hamidxoʻjayev vafot etdi
Ozod Hamidxoʻjayev koʻp yillar “Oʻzbekiston” telekanalida “Tahlilnoma” koʻrsatuvini olib borgan. Shuningdek, “Axborot” informatsion dasturining bosh muharriri lavozimida ishlagan.

Taniqli jurnalist, “Tahlilnoma” koʻrsatuvi boshlovchisi va “Oʻzbekiston 24” telekanalining sobiq rahbari Ozod Hamidxoʻjayev vafot etdi.
Ozod Hamidxoʻjayev koʻp yillar “Oʻzbekiston” telekanalida “Tahlilnoma” koʻrsatuvini olib borgan. Shuningdek, “Axborot” informatsion dasturining bosh muharriri lavozimida ishlagan.
2017 yil may oyida yangi tashkil etilgan “Oʻzbekiston 24” telekanaliga direktor etib tayinlangan va oʻsha yilning avgust oyigacha kanalga rahbarlik qilgan.





