platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

“Raqobat emas, hamkorlik” — Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumining asosiy gʻoyasi

Tadbir doirasida xorijiy mehmonlarga “Study in Uzbekistan” platformasi ham taqdim etiladi. Ushbu tashabbus Oʻzbekistonning taʼlim xizmatlari eksportini oshirish va xorijiy talabalar sonini koʻpaytirishga qaratilgan. 

“Raqobat emas, hamkorlik” — Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumining asosiy gʻoyasi

​Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumida 45 ta davlatdan 300 dan ortiq tashkilot rahbarlari va ekspertlar, shuningdek, mamlakatimiz oliy taʼlim sohasidan 200 dan ortiq rektor ishtirok etmoqda.

​Forumda taʼlim sifatini oshirish, akademik mobillikni rivojlantirish, sunʼiy intellektni taʼlim jarayoniga integratsiya qilish, kiberxavfsizlik hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.

​“Forumdan asosiy koʻzlangan maqsad — oʻzaro tajriba almashish, talabalar va professor-oʻqituvchilarning akademik mobilligini oshirish, qoʻshma loyihalarni koʻpaytirish hamda taʼlim sohasida mintaqaviy integratsiyani rivojlantirishdan iborat. Bugun asosiy eʼtibor raqobatga emas, balki taʼlim kooperatsiyasiga qaratilmoqda”, — dedi taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari Sanjar Mirzaliyev.

​Qayd etilishicha, tadbir doirasida xorijiy mehmonlarga “Study in Uzbekistan” platformasi ham taqdim etiladi. Ushbu tashabbus Oʻzbekistonning taʼlim xizmatlari eksportini oshirish va xorijiy talabalar sonini koʻpaytirishga qaratilgan.

​Shuningdek, forumda akademik halollik, talabalarning ijodiy salohiyati va bandligini taʼminlash masalalariga ham eʼtibor qaratilmoqda. Tadbir yakunida oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik kelishuvlarini muhokama qilish va qoʻshma bayonot imzolash rejalashtirilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid