platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Prezident Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi

Jahon banki tomonidan Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 2026 yilda 5,8 foizga oʻsishi prognoz qilinmoqda. Bu mintaqa jadal rivojlanayotgan va yuksak istiqbolli hududlardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi. 

Prezident Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi

Prezident Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi.

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumining ochildi. Jahon banki tomonidan Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 2026 yilda 5,8 foizga oʻsishi prognoz qilinmoqda. Bu mintaqa jadal rivojlanayotgan va yuksak istiqbolli hududlardan biriga aylanib borayotganidan dalolatdir.

"Yaqinda alohida Farmon qabul qilib, maktabgacha va maktab taʼlimi, kasbiy va oliy taʼlim hamda ilm-fan boshqaruvini yagona tizimga birlashtirdik. Shu tariqa boshlangʻich bilim va tarbiya olishdan yetuk mutaxassis va olim boʻlib shakllanish davrigacha boʻlgan maʼrifiy bosqichlarning uzviy bogʻliqligini taʼminlashni maqsad qilganmiz. Endi yurtimizdagi har bir bola, qayerda yashashidan qatʼi nazar, sifatli taʼlim olishi, isteʼdod va qobiliyatini roʻyobga chiqarishi, hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoitlar yaratiladi", deyiladi tabrikda.

Bugungi kunda zamon shiddat bilan oʻzgarayotgani tufayli kelgusi oʻn yilda koʻplab kasb-hunarlarga munosabat oʻzgaradi, mutlaqo yangi ixtisoslik va mutaxassisliklar paydo boʻladi.

Suv va energetika xavfsizligi, iqlim oʻzgarishi, mehnat bozoridagi texnologik oʻzgarishlar bilim va imkoniyatlarni birlashtirishni talab etadi.

Shu bois universitetlar oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni koʻpaytirish, talaba va olimlar almashinuvini qoʻllab-quvvatlashga alohida ahamiyat berish kerak.

"Bizning bu sohadagi strategik maqsadimiz – Markaziy Osiyoni oʻzaro ishonch va doʻstlik diyoriga, ilm-maʼrifat, yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar birlashgan umumiy intellektual makonga aylantirishdir", deydi prezident.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid