platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

“Oʻzbekneftgaz” 9 oyda 5 ta yangi kon ochdi

114 ta quduqni taʼmirlash hisobiga kunlik gaz qazib chiqarish hajmi qoʻshimcha 4 million kub metrga oshirilgan. Aholi va iqtisodiyotning yoqilgʻiga boʻlgan talabini taʼminlash maqsadida neft bazalaridagi benzin zahirasi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 baravar koʻpaytirildi. 

“Oʻzbekneftgaz” 9 oyda 5 ta yangi kon ochdi

“Oʻzbekneftgaz” 9 oyda 5 ta yangi kon ochdi. Shuningdek, kunlik gaz qazib chiqarish 4 million kub metrga oshdi.

​“Oʻzbekneftgaz” AJning 2026 yil 9 oylik faoliyati yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Hisobot davrida 5 ta yangi uglevodorod koni ochilib, 114 ta quduqni taʼmirlash hisobiga kunlik gaz qazib chiqarish hajmi qoʻshimcha 4 million kub metrga oshirildi. Aholi va iqtisodiyotning yoqilgʻiga boʻlgan talabini taʼminlash maqsadida neft bazalaridagi benzin zahirasi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 baravar koʻpaytirildi.

Shuningdek, 9 oyda 41,8 trillion soʻmlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, 736,7 million dollarlik eksport amalga oshirildi. Xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga esa 1,9 trillion soʻm mablagʻ tejaldi.

Tadqiqot chuqurligi 4 500 metrdan 8 000 metrgacha kengaymoqda. Bu ilgari tasavvur ham qilib boʻlmagan yangi geologik qatlamlarni kashf etish demakdir.

“Oʻzbekneftgaz” 9 oyda 5 ta yangi kon ochdi

​Soʻnggi 9 oyda geologiya-qidiruv ishlari natijasida 5 ta yangi uglevodorod koni ochildi. Bu mamlakatning neft va gaz xomashyo bazasini kengaytirishga xizmat qiladi.

42 ta investitsiya blokida yangi konlarni aniqlash va chuqur qatlamlarni oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Xitoyning “BGP” kompaniyasi ishtirokida “Tagman”, “Kogon” va “Shaxpaxti” loyihalarida 3D seysmik qidiruv ishlari davom etmoqda.

​Ustyurtdagi “Moʻynoq”, “Qiziljar”, “Gʻarbiy Quyi Surgil” va “Shagʻirliq-quyi yura” maydonlarida sanoat ahamiyatiga ega gaz va kondensat oqimlari olindi. Zaxiralar “Degoler Maknoton” kompaniyasi tomonidan jahon standartlari asosida baholanmoqda.

​Ustyurtdagi “Moʻynoq”, “Qiziljar”, “Gʻarbiy Quyi Surgil” va “Shagʻirliq-quyi yura” maydonlarida sanoat ahamiyatiga ega gaz va kondensat oqimlari olindi. Zaxiralar “Degoler Maknoton” tomonidan jahon standartlari asosida baholanmoqda.

Seysmik tadqiqotlar hajmi 2025 yilga nisbatan besh baravar oshirildi: 7 430 km² maydonda 3D qidiruv oʻtkazildi. 17 ta yangi maydonda chuqur izlov burgʻilash boshlanib, 25 ta quduq qurilishi yakunlandi. Yil oxirigacha 3D tadqiqotlar qamrovini 11 900 km² ga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun geologik tadqiqotlar va burgʻilash ishlarini oʻzaro muvofiqlashtirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda texnik imkoniyatlarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. “Oʻzbekgeofizika” AJning “Oʻzbekneftgaz” AJ tarkibiga birlashtirilishi sohada mutlaqo yangi, yaxlit boshqaruv zanjirini vujudga keltirdi. Bu tarixiy qaror geologiya va qazib chiqarish oʻrtasidagi uzluksiz bogʻliqlikni taʼminlab, tadqiqotlardan tortib to quduqlarni qazishgacha boʻlgan vaqt va moliyaviy resurslarni bir necha barobar tejash imkonini bermoqda. Bugun jamiyat faoliyatini texnik va texnologik jihatdan yangilash doirasida AQShning nufuzli INOVA kompaniyasi tomonidan jami 38 million dollarlik ikkita 20 ming kanalli 3D seysmik kompleks, yuqori harorat va bosimga bardoshli 216 komplekt quduq uskunasi, olatita karotaj hamda oʻnta geologik-texnologik tadqiqot stansiyasini xarid qilish rejalashtirilgan.

“Oʻzbekneftgaz” 9 oyda 5 ta yangi kon ochdi

Toʻqqiz oyda 1,9 trillion soʻm tejaldi, 2,6 trillion soʻm dividend hisoblandi, byudjetga 6,9 trillion soʻm toʻlandi.

​Jamiyatda olib borilgan iqtisodiy islohotlar natijasida ulushi mavjud korxonalardan ilk bor 2,6 trillion soʻm dividend hisoblandi. Xarajatlarni maqbullashtirish orqali 1,9 trillion soʻm tejalib, reja 111,5 foizga bajarildi. Bu mablagʻlar geologiya-qidiruv, ishlab chiqarish, tizimning moddiy-texnika taʼminotini yangilash, xodimlar maoshini oshirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilmoqda.

​Hisobot davrida eksport 736,7 million dollarga yetdi — reja 151 foizga bajarildi. 790 million dollar investitsiya oʻzlashtirildi (reja — 100,1 foiz). Mahaliylashtirish doirasida 17,3 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi (139,4 foiz).

​69 ta kredit shartnomasining 41 tasi boʻyicha qayta moliyalashtirish va muddatidan oldin soʻndirish hisobiga 18 million dollar foiz xarajati tejaldi. Mahalliy kredit stavkalari 9,5–12 foizdan 7,4–7,5 foizga, kredit yelkasi 3,1x dan 2,2x gacha pasaydi.

​Navbatdagi qadam — davlat kafolatidagi 1,1 milliard dollarlik kreditlarni qayta moliyalashtirish. 260 million dollarlik kredit stavkasini suzuvchi 5 foizdan qatʼiy 3,75 foizga, “Uzbekistan GTL”ning 840 million dollarlik qarzi stavkasini oʻrtacha 7,7 foizdan 3,8 foizga tushirish kutilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid